Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xonanda Tohir Mahkamov odamoviligiga sabab bo‘lgan bolaligidagi qattiq qo‘rquv haqida gapirib berdi (video)

Xonanda Tohir Mahkamov odamoviligiga sabab bo‘lgan bolaligidagi qattiq qo‘rquv haqida gapirib berdi (video)

«Men o‘zimni sevaman», «Masxaraboz», «Tikka turib o‘lganim bo‘lsin», «Zebojon», «Ey gap» kabi qo‘shiqlari bilan mashhurlikka erishgan xonanda Tohir Mahkamov «Daryo» internet-nashriga eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Asosan Farg‘ona viloyatida yashab ijod qilayotgan Tohir Mahkamov aksariyat san’atkorlarga xos bo‘lmagan odamoviligi, o‘zining ta’biri bilan aytganda «yovvoyiligi»ga sabab bo‘lgan bolaligidagi qattiq qo‘rquv haqida gapirib berdi.

Ba’zida odamlar orasida yurib, odamlarning ichida tirikchilik qilib, ularning ichida yashab ham odamlardan uzoqlashish mumkin. Buni yovvoyi deydimi, bilmadim, yuragim yovvoyi emas, aytilmagan joylarga-ku bormayman, ba’zida aytilgan joylarga ham bormay qoladigan odatlarim bor. Qidirganda topilmay qolish odatim o‘zimga ham yoqmaydi. Ko‘proq bu fe’lim atrofimdagilarga ham ta’sir qiladi. Atrofimdagi yaqinlarim ham mendan ko‘pincha shu tomonlama ranjiydi. Kamnamosan, ko‘rinmaysan deyishadi.

Bolaligimda ustimga itni tashlab yuborishgan ekan. Qattiq qo‘rqqanim uchun duduqlanib qolgan ekanman. Keyin meni davolatishgan. Hozirgacha shu duduqlanishimning asorati bor, tutilib gapiraman. Bu hayotda juda katta pand berib qo‘yadi. Yoshligimda yerni tepib-tepib, gapimni keltirib keyin gapirar edim, atrofimdagilar kulayotganini bilardim. Balki odamoviligim shu bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun suhbatlar va intervyulardan ko‘pincha uyalaman.

Tohir Mahkamov, xonanda

Ma’lumot uchun, xonanda va bastakor Tohir Mahkamov 1971 yil 12 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 1991 yildan musiqiy albomlar chiqarib kelmoqda. Bugungi kunda 20 dan ortiq albomi, 600 dan ortiq qo‘shig‘i bor. Bastakor sifatida o‘ndan ortiq xonandalarga 100 dan ortiq xit qo‘shiqlar yozib bergan.

Kiritildi: 04:00 22.02.2020. O'qildi: 3890 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!