Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xonanda Jo‘rabek: "Hozir otasining puli bilan telekanal va radiolarni qul qilib olganlar qancha"

Xonanda Jo‘rabek: "Hozir otasining puli bilan telekanal va radiolarni qul qilib olganlar qancha"

Xonanda va aktyor Jo‘rabek «Daryo» internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni «Daryo» muxbiri Feruz Muhammad uyushtirdi.

Intervyu davomida Jo‘rabek kinolarda ko‘rinmay qolgani sabablari va 80 ming so‘mga oldirgan «Orzu» deb nomlangan klipi haqida gapirib berdi.

Meni faqat xonanda sifatida kinoga taklif qilishmoqda. Aslida aktyorlik yo‘nalishini tugatganman. Aktyor deb qarashlarini xohlardim. Bundan tashqari kinolar juda sayoz. Oxirgi marta kinoga taklif qilishganida ‘qanday rol?’ desam, ‘babnik roli’ deyishdi. Rad javobini berganman, chunki nimagadir ko‘pchilik men haqimda shunday o‘ylaydi.

Uylanishda ham shu sababli ko‘p joydan sovchilarimiz qaytishgan. Negadir meni xotinboz deb o‘ylashardi. Shu so‘zni deb tuhmatlarga qolganman.

Avvallari san’atkorni to‘y boqadi, deyishardi (kulib). Hozir to‘y ham boqolmayaptimi deyman. Chunki to‘ydan tushgan daromadga klip olasiz, uni telekanallarda efirga uzatish uchun ham nimadir berish kerak.

2003 yil «Orzu» degan qo‘shig‘imizga klip olganmiz. Mana shu klip uchun 80 ming pul ketgan. Efirga uzatish, telekanal yoki radiolarda ‘aylantirish’ bugungidek qimmat emas edi. Hozir ular ham o‘zlarini «olishyapti».

Televideniye va radioda yaxshi qo‘shiq, yaxshi ijodkor degan qarashlar qolmagan. Hozir faqat cho‘ntagingizga qarashadi. Otasining puli bilan telekanal va radiolarni qul qilib olganlar qancha.

Jo‘rabek, xonanda va aktyor

Kiritildi: 17:08 17.07.2019. O'qildi: 2699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!