Bugun 19 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Xomanaiy: Eron har qanday hujumga javob qaytarishga tayyor

Xomanaiy: Eron har qanday hujumga javob qaytarishga tayyor

Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiy chorshanba kuni chiqish qilib, Isroil yoki AQSh tomonidan bo‘ladigan har qanday yangi harbiy hujumga Eron yanada kuchli zarba bilan javob berishga tayyor ekanini bildirdi. U so‘zlarini davlat telekanali orqali e’lon qildi.

«Bizning xalqimiz na AQShdan, na uning zanjirdagi iti — sionistik rejimdan qo‘rqadi», — dedi Xomanaiy. U yaqinda Isroil bilan 12 kunlik urush davomida Eron tomonidan AQShning Qatardagi Al-Udeyd harbiy bazasiga berilgan zarbani eslab o‘tdi va Eron bundan ham og‘irroq zarba bera olishini ta’kidladi.

AQSh va Isroil yaqinda Erondagi yadroviy inshootlarga hujum qilgan edi, ularni yadroviy qurol ishlab chiqarish uchun foydalanilayotganlikda ayblagan. Eron esa yadroviy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga xizmat qilishini ta’kidlamoqda.

Xomanaiy Eron diplomatlarini «zaiflik pozisiyasidan emas» ish olib borishga undadi, biroq bu bilan nimani nazarda tutganini ochiqlamadi. O‘sha kuni Eron parlamenti AQSh bilan muzokaralar faqat ayrim shartlar bajarilgach boshlanishi mumkinligini bildirgan edi. Bu shartlar qatoriga Eron hududiga yangi hujumlar bo‘lmasligiga kafolatlar kiradi.

Axios nashrining yozishicha, AQSh va Yevropa mamlakatlari avgust oyining oxirigacha bitimga erishishni so‘nggi muddat sifatida belgilagan. Aks holda, BMT orqali xalqaro sanksiyalarni tiklash mexanizmi ishga tushirilishi mumkin.

Kiritildi: 13:45 17.07.2025. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!