Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xizmat burchini bajarayotgan fuqaroga nisbatan noqonuniy harakat sodir etish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Xizmat burchini bajarayotgan fuqaroga nisbatan noqonuniy harakat sodir etish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik ko‘zda tutilgan? Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma’lum qildi.

O‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Xususan, bunday noqonuniy harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan:
? qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etish – 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan;
? qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
? qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
? o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish – 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
? haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Kiritildi: 13:24 12.07.2019. O'qildi: 1424 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!