Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xitoyni yetakchi sport mamlakatiga aylantirish rejasi e’lon qilindi

Xitoyni yetakchi sport mamlakatiga aylantirish rejasi e’lon qilindi

Xitoyni yetakchi sport davlatiga aylantirish rejasi XXR Davlat kengashi Bosh kansleri tomonidan chiqarilgan va XXR Xalq nashriyoti tomonidan chop etilgan, deya xabar bermoqda Sinxua axborot agentligi.

Kitobchani Sinxua kitob do‘konida, Xitoydagi barcha bo‘limlaridan sotib olish mumkin. Rejaning to‘liq matni, shuningdek, ushbu sport bo‘yicha Xitoy Bosh sport boshqarmasi mutasaddilari tomonidan savollarga berilgan javoblar ham risolaga kiritilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda, XXR Davlat kengashi sportni rivojlantirishning 2020 yilgacha mo‘ljallangan milliy rejasini e’lon qildi, unga ko‘ra sport sohasini rivojlantirish uchun 1,228 million dollar ajratilishi kerak. Bu rasmiy Pekin uchun rekord raqamlar hisoblanadi.

Kiritildi: 09:22 13.09.2019. O'qildi: 2116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!