Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xitoylik olimlar amerikalik hamkasblarni ortda qoldirishdi

Xitoylik olimlar amerikalik hamkasblarni ortda qoldirishdi

Xitoylik olimlar tabiiy fanlar sohasidagi maqola va materiallar soni bo‘yicha amerikalik hamkasblarni ortda qoldirishdi.

Bu haqda Yaponiya Milliy fan va texnologiyalar siyosati institutining hisobotiga asoslanib “Nikkei” gazetasida ma’lum qilindi.

Nashrning ta’kidlashicha, bu raqamlar XXRning ulkan salohiyatidan dalolat beradi.

Unga ko‘ra, 2016 yildan 2018 yilgacha xitoylik olimlar tomonidan 306 mingta, ularning amerikalik hamkasblari tomonidan esa 281 mingta ilmiy maqolalar nashr etilgan.

Nashrning qayd etishicha, xitoylik olimlar tomonidan o‘tkazilayotgan tadqiqotlar sifati tobora Amerika darajasiga yaqinlashmoqda.

Vaholanki, 2017 yilda eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan 10% maqolalarning 24,7% amerikaliklar, 22% esa xitoyliklar tomonidan yozilgan.

Kiritildi: 23:01 08.08.2020. O'qildi: 5093 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!