Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi (FOTO)

Xitoylik mutaxassislar koronavirusning dastlabki suratini e’lon qildi (FOTO)

Xitoyning kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazi elektron mikroskopda olingan koronavirus (2019-nCoV)ning birinchi suratini e’lon qildi, deb xabar bermoqda «RBK».

Xabarda aytilishicha, mutaxasisslar virusning shtammini ajratishga erishgan bo‘lib, bu uning tuzilishini o‘rganishga yordam beradi.

Koronavirusning tanasi quyosh tojlarini eslatib yuboruvchi turtib chiqqan qismlar bilan o‘ralgani sababli u shunday nom olgan. Markaz tomonidan e’lon qilingan suratda shunday belgilari ko‘ringan.

24 yanvar holatiga ko‘ra, Xitoyda koronavirus sababli 875 kishi pnevmoniya bilan kasallangani aniqlangan. AQSH, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vyetnam, Tailand, Singapur, Gonkong, Makao va Tayvanda ham kasallanish holati qayd etilgan.

Koronavirus tufayli Xitoyda 13 ta shahar yopib qo‘yilgan. Ularning eng yirigi Uxan bo‘lib, kasallik dastlab 12 million aholiga ega aynan shu shaharda paydo bo‘lgan. Hukumat jamoat transportida yurishni taqiqlagan, avtobus, temiryo‘l va aviasiya orqali qo‘shni shaharlarga qatnovni cheklagan.

Xitoydan Rossiyaga uchib kelgan bemorning uchinchisi infeksiya alomatlari bilan Sankt-Peterburg kasalxonasiga yotqizilgani ma’lum qilingan, ammo ularda kasallik tashxisi rasman tasdiqlanmagan.

Kiritildi: 17:49 24.01.2020. O'qildi: 6192 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!