Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoydagi yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar xavfdan ogohlantirildi

Xitoydagi yoki u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar xavfdan ogohlantirildi

O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Vazirlikning Xitoy elchixonasiga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda Xitoyning Uxan shahrida 40 dan oshiq kishi koronavirusning yangi turi bilan kasallangan, yana 100 ga yaqin kishi tibbiy kuzatuv ostida.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning aholi zich joylashgan ushbu shahrida pnevmoniyaning noma’lum turi paydo bo‘lgani haqida dekabr oyi oxirlarida ma’lum bo‘lgan edi. 3 yanvar holatiga ko‘ra shaharda 44 ta virusli prevmoniya holati aniqlangan, 11 nafar bemor og‘ir ahvolda bo‘lgan. Shuningdek, yana 121 kishi shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan. Ularning barchasi bemorlar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Keyinchalik kasallangan bemorlar soni 59 nafarga etgan.

9 yanvar kuni laboratoriya tadqiqotlari natijasida pnevmoniya tarqalishiga ilgari noma’lum bo‘lgan koronavirus sabab bo‘lgani aniqlangan. 11 yanvar kuni esa ushbu virusdan birinchi odam vafot etgani xabar berilgan.

Vazirlik xabarida aytilishicha, elchixona konsullik bo‘limi Uxan shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari bilan tushuntirish ishlari o‘tkazdi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda TIV Konsullik-huquqiy departamenti Xitoy, xususan uning Xubey provinsiyasi va Uxan shahrida bo‘lib turgan yoki bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni zaruriy ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirgan.

Kiritildi: 12:50 13.01.2020. O'qildi: 2946 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!