Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Xitoyda virus tarqalishini tekshirayotgan shifokorning o‘zi ham kasallikni yuqtirib oldi

Xitoyda virus tarqalishini tekshirayotgan shifokorning o‘zi ham kasallikni yuqtirib oldi

Xitoyning markazida joylashga Vuhan qismida yangi xavfli virusning tarqalishini o‘rganayotgan shifokor Vang Guangfaning o‘zi ham kasallikni yuqtirganini aytdi.

Pekin universitetining birinchi kasalxonasida bo‘lim boshlig‘i Vang Guangfa shu oyning boshida virus paydo bo‘lgan Vuxanga tashrif buyurgan ekspertlar guruhining a’zolaridan biri edi.

«Menga tashxis qo‘yildi va ahvolim yaxshi», dedi Vang seshanba kuni va u uchun tashvishlanayotgan odamlarga minnatdorchilik bildirdi.

Ma’lumot uchun, Xitoyda tarqalayotgan koronavirusni yuqtirganlar 300 kishidan oshdi va undan 6 nafar kishi vafot etgan. Kasal bo‘lganlar orasida o‘n besh nafar tibbiyot xodimi ham bor.

Kiritildi: 06:15 24.01.2020. O'qildi: 2836 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!