Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi

So‘nggi kunlarda Xitoyning Sichuan provinsiyasida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik va yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi Sinxua agentligi.

Mahalliy hukumatning ma’lum qilishicha, kuchli shamol va yog‘ingarchiliklardan so‘ng Myannin uyezdida 12 kishi halok bo‘lgan va yana o‘n kishi bedarak yo‘qolgan. Ixay shaharchasida esa suv toshqinlaridan keyin to‘qqiz kishi halok bo‘lgan va yetti kishi bedarak yo‘qolgani ayilmoqda.

Shuningdek, Gaoyan uyezdida ham ikki kishi halok bo‘lgan va uch kishi yo‘qolgan.

Sichuanga yopirilgan tabiiy ofat jami 10 ming kishiga zarar yetkazgan — mahalliy yo‘llar avtotrassalardan uzilib qolgan, suv uylarga shikast yetkazgan. Favqulodda xizmatlar tumandan 7,7 ming kishini evakuasiya qilgan.

Kiritildi: 12:47 29.06.2020. O'qildi: 1764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!