Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoyda internet savdosi rekord darajada o‘smoqda

Xitoyda internet savdosi rekord darajada o‘smoqda

Xitoyda iste’mol tovarlarining chakana onlayn-savdosi 2019 yil yakunlari bo‘yicha 8 foizga o‘sgani qayd etildi.

Xitoy davlat statistik byurosining hisobotida o‘tgan yilda savdo hajmi 41,2 trillion yuanni (5,98 trillion dollar atrofida) tashkil etgan.
Shaharlarda chakana onlayn-savdo 7,9 foizga o‘sgan bo‘lsa, qishloq joylarda bu ko‘rsatkich 9 foizni tashkil etgan, ya’ni 6,03 trillion yuan (876,7 milliard dollar) miqdorida bo‘lgan.

Chakana onlayn-savdo o‘sishi yillik hisobotda 2018 yilga nisbatan 16,5 foizni tashkil etib, 10,63 trillion yuanga (1,54 trillion dollar) oshgan.

Bundan avvalroq, Xitoyda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 2019 yilda 8,9 foizga o‘sgani haqda xabar berilgan edi.

Manba: uza. uz

Kiritildi: 21:00 19.01.2020. O'qildi: 1431 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!