Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi

A A A
Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahrida joylashgan «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Xitoy Xalq Respublikasining turizm sektori vakillari ishtirokida biznes-forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Xitoyda targ‘ib qilish va O‘zbekiston-Xitoy turizm sanoati vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga bag‘ishlandi.

Biznes-forum O‘zbekistonning «Prestige Travel» kompaniyasi tashabbusi bilan Xitoyning Haynan provensiyasi turizm kompaniyalari o‘rtasida Turizm qo‘mitasihamkorligida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston va Xitoyning davlat va xususiy sektor vakillari, jumladan, hukumat vakillari, biznes rahbarlari va investorlar, shuningdek, ikki davlatning yetakchi mehmonxona brendlari va turizm kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

Joriy yilning 18 dekabr sanasidan boshlab, Toshkent va Haynan shaharlari o‘rtasida muntazam aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda tadbir tashkilotchisi «Prestige Travel» kompaniyasi rahbari Oybek Ahmedov ma’lum qildi.

“Mamlakatimiz aholisi uchun hamyonbop tur-paketlar ishlab chiqish va ularning sifatli sayohatlarini tashkil etish hamda Xitoydan O‘zbekistonga kirib keluvchi sayyohlar sonini keskin ko‘paytirish maqsadida yangi loyihalar ustida ish olib borayapmiz. Yo‘lga qo‘yilayotgan yangi aviaqatnovlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turistlar oqimini bir necha karra oshiradi. O‘tgan yili «Prestige Travel» tomonidan 10 ming nafarga yaqin o‘zbekistonliklarning Xitoyga sayohatlari tashkil etilgan edi. Shu qatorida minglab xitoyliklarni turist sifatida mamlakatimizga olib kirdik. Yana bir bor ta’kidlayman: amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatlar aholisining sifatli hordiq chiqarishlari uchun muhimdir”, – deb ta’kidladi «Prestige Travel» kompaniyasi asoschisi Oybek Ahmedov.

Forum davomida O‘zbekiston va Xitoy tomonlari vakillari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, unda ishtirokchilar turizm sohasining bugungi holatini muhokama qildilar, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikning yangi imkoniyatlarini o‘rgandilar. Forum O‘zbekiston va Xitoy sayyohlik kompaniyalari o‘rtasida bir qator shartnoma va anglashuv memorandumlarini imzolash marosimi bilan yakunlandi.

«Joriy yilning 10 oyligida Xitoy Xalq RespublikasidanO‘zbekistonga 60 mingga yaqin turistlar kirib keldi. Yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich yanada ortishi ortishi kutilmoqda. Bunda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida turizm sohasida yo‘lga qo‘yilayotgan ikki tomonlama munosabatlarimiz ham alohida o‘rin tutadi. Xitoy davlatida yurtingizning tarixiy maskanlari, boy madaniy merosi va go‘zal tabiati bilan yaqindan tanishish maqsadida bo‘lganlar soni ortib borayotganligini qayd etishimlozim. Bu esa ikki tomonlama sayyohlar almashinuvida manfaatlidir», deb aytib o‘tdi Haynan turizm yo‘nalishi rahbari Liu Fangxu.

O‘zbekiston-Xitoy sayyohlik biznes-forumi ikki davlat vakillari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Forum ishtirokchilarga hamkorlik vainvestisiyalar uchun yangi imkoniyatlarni o‘rganish uchun platforma taqdim etdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston turizm industriyasining yuksalishi va rivojlanishiga, mamlakatimizning jahon turizm bozoridagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekistonning turistik salohiyatini dunyoga tanitish va sharqiy Osiyo davlatlaridan kirib keluvchi sayyohlar sonini oshirishda mamlakatimizda turizmni jadal rivojlantirish hamda sohaning o‘sish sur’atlari uchun sharoitlar yaratilmoqda. Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda 6 mingga yaqin joylashtirish vositalari faoliyat ko‘rsatmoqda, respublika bo‘yicha sayyohlarni qabul qiluvchi o‘rinlar soni 156 mingdan ortdi.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!