Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda

Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori bo‘lib qolmoqda

O‘zbekistondan tovar va xizmatlarni eksport qiluvchi asosiy davlat Xitoy bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi hisobotida ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, O‘zbekistondan eksport qilinayotgan tovarlarning 16 foizini Xitoy sotib oladi. Rossiyaga 13 foiz, Qozog‘istonga 8 foiz, Turkiyaga 6 foiz, Qirg‘izistonga 4 foiz, Afg‘onistonga 3 foiz va Tojikistonga 1,6 foiz mahsulot eksport qilinadi.

Xitoy O‘zbekistonning asosiy savdo hamkori maqomiga 2018 yilda chiqib olgan edi.

O‘tgan yili mahsulotlar 144 davlatga eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 151taga yetdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, 2019 yilning yanvaridan iyuligacha 10 milliard 800 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Bu esa 2018 yilning shu davriga nisbatan 44, 5 foizga ko‘pdir.

Kiritildi: 07:30 22.08.2019. O'qildi: 1089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!