Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xitoy Tayvanga qarshi ehtimoliy harbiy operasiyani qo‘llab-quvvatlashga qodir yirik fuqarolik flotini safarbar qilmoqda

Xitoy Tayvanga qarshi ehtimoliy harbiy operasiyani qo‘llab-quvvatlashga qodir yirik fuqarolik flotini safarbar qilmoqda

Xitoy Tayvanga qarshi ehtimoliy harbiy operasiyani qo‘llab-quvvatlashga qodir yirik fuqarolik flotini safarbar qilmoqda — Reuters.

Agentlik kemalar harakati bo‘yicha kuzatuv ma’lumotlari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini o‘rganib, tayyorgarlik ko‘lami Ikkinchi jahon urushidagi “Normandiya operasiyasi”dan ham oshishi mumkin, degan xulosaga kelgan.

Jurnalistlar yozgi harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etgan yuzdan ortiq fuqarolik kemalarining harakatini tahlil qilgan. Joriy yilning 17 avgust kuni sodir bo‘lgan bir epizodda 12 ta kema – paromlar va yuk kemalari Guandun provinsiyasi qirg‘oqlariga yo‘l olib, texnikani to‘g‘ridan to‘g‘ri qirg‘oqqa tushira boshlagan. Xitoy xalq ozodlik armiyasining mashg‘ulotlari chog‘ida yuk kemalaridan og‘ir harbiy texnikani shunday usulda tushirish ilk bor hujjatlashtirilgan.

Dengiz operasiyalari bo‘yicha ekspertlar bahosiga ko‘ra, Xitoyning harakatlari bosqin ssenariylarining aniq ishlanayotganini ko‘rsatadi. Texnikani tushirish uchun fuqarolik yuk kemalaridan foydalanish Xitoyning qirg‘oqda tezkor tarzda kuch joylashtirish imkoniyatlarini sezilarli kengaytiradi.

Kiritildi: 19:53 22.11.2025. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!