Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga tashrif buyurib, bu mamlakatlarning yuqori lavozimli amaldorlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
🔲 Tojikistonda Van Ini prezident Emomali Rahmon qabul qildi. Tomonlar strategik sheriklik doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, savdo aylanmasi o‘sishi va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
🔲 O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev esa Van I bilan savdo va yuqori texnologiyalar, “yashil” va atom energetikasi, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kimyo va boshqa sohalardagi hamkorlikni muhokama qildi.
🔲 Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan muzokaralarda ham hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Van I Qirg‘izistonda faoliyat yuritayotgan xitoylik kompaniyalar mamlakat qonunlariga qat’iy rioya etishi va mahalliy an’analarni hurmat qilishi shartligini ta’kidladi. Bu, ehtimol, mamlakatda kuchayib borayotgan antikitay kayfiyatlari bilan bog‘liq.
Bu tashriflar Xitoyning Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini mustahkamlash uchun faol harakat qilishayotganini ko‘rsatadi.