Tayvan aeroportlari va dengiz portlari orol yaqinida Xitoy Xalq Ozodlik Armiyasi (PLA) harbiy mashg‘ulotlari vaqtida odatdagidek ishlamoqda.
Bu haqda Tayvan transport departamenti xabar berdi.
"Hozirgi vaqtda barcha aeroportlarda parvozlar, shuningdek, barcha portlarda kemalarning jo‘nab ketishi va kelishi odatdagidek amalga oshirilmoqda, g‘ayritabiiy holatlar mavjud emas", — deyiladi TASS xabar matnidan iqtibos keltirmoqda.
Departament vaziyatni diqqat bilan kuzatib borayotganini qo‘shimcha qildi.