Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy firmasi Rossiya brendlariga nisbatan firibgarlik qildi

Xitoy firmasi Rossiya brendlariga nisbatan firibgarlik qildi

Rossiyaning bir necha sut zavodlari Xitoyning Xeylunszyan viloyatida joylashgan firma ustidan ommaviy sud arizasi topshirdi. Ular ushbu firmani Rossiya sut brendlarni o‘zlashtirib olishda ayblashmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.

Rossiyaning bir necha sut zavodlari o‘tgan yilning oxirida Xitoyga o‘z mahsulotlarini olib kirishga ruxsat olgan edi. Lekin 2019 yilning 28 yanvarida xitoylik bir kompaniya Rossiya zavodlariga tegishli bo‘lgan sut brendlarini o‘zlashtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Shu sabab ayni damda Rossiya sut mahsulotini Xitoyga olib kirishda muammo paydo bo‘ldi, dedi Rossiya Eksport markazining eyelektron savdo bo‘yicha direktori Aleksey Murzenok.

“Xitoy kompaniyasi qonunni buzmagan. Ular bizning brendlarni o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib olgan. Biz ushbu holatni nazorat qilmaganmiz. Balkim Qishloq xo‘jaligi vazirligi bizni vaqtida ogohlantirmagani tufayli kechga qolganmiz”, - dedi Murzenok.  

“Lekin boshqa tomondan qaraganda, ikki yirik mamlakat orasida ushbu vaziyat yechilmaydigan muammoga o‘xshamaydi. Balkim Xitoy tomon bizga biror yordam ko‘rsatar. Ushbu kompaniya bilan gaplashib bizning savdo belgilarimizni o‘z ixtiyori bilan qaytarib berar”, - deydi REM vakili.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oxirida Rosselxoznadzor va Xitoy bosh Bojxona boshqarmasi o‘zaro sut mahsulotlari yetkazib berish haqida bitim imzolagan edi. Boshida Xitoy tomon faqat 10ta rossiya sut zavodi mahsulotiga ruxsat bergan bo‘lsa, keyin ushbu ro‘yxat 33taga kengaytirilgan edi. May oyining oxirida birinchi partiya sut Xitoyga yetkazib berildi.

Ma’lumot uchun – Xitoyda Rossiyada ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari juda katta talabga ega. Ayniqsa turli sut mahsulotlari, shokolad, grechka, bug‘doy, asal, soya va kungaboqar yog‘i.  

 

Kiritildi: 18:07 17.06.2019. O'qildi: 1459 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!