Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xitoy AQShni yanada xavfliroq virus tarqatayotganlikda aybladi

Xitoy AQShni yanada xavfliroq virus tarqatayotganlikda aybladi

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyni doimiy ravishda tanqid qiladi va ayblaydi, qayerga bormasin, u hamma joyda dezinformasiya va "siyosiy virus" tarqatmoqda. Bu haqda  Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Liszyan chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

Avvalroq, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Chexiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida Senatda nutq so‘zlab, Rossiya Chexiya Respublikasi xavfsizligini buzishga, dezinformasiyalar tarqatish va kiberhujumlar uyushtirishga intilayotganini, Xitoy esa hamma joyda biznesni nazoratga olishga urinayotganini aytdi. Pompeoning ta’kidlashicha, Xitoy Rossiyadan ko‘ra demokratiyaga yanada ko‘proq tahdid soladi.

"Sovuq urush g‘oyalari va o‘zining shaxsiy manfaatlariga tayangan holda Pompeo Xitoy Kommunistik partiyasini, shuningdek, XXRning ichki va tashqi siyosatini qayta-qayta asossiz ravishda tanqid qilmoqda. Xitoy bu borada bir necha bor o‘zining qat’iy pozisiyasini bildirdi", – dedi Chjao Liszyan.

Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Pompeo va unga o‘xshaganlar "xalqaro hamjamiyatni antixitoy va antikommunistik "aravasi bilan bog‘lashga" harakat qilmoqdalar, ammo xalqaro hamjamiyat haqiqatni aniq ko‘radi, shuning uchun bunday urinishlar muvaffaqiyat qozonmaydi.

Kiritildi: 15:53 13.08.2020. O'qildi: 4123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!