Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

XX asr insoniyat uchun g‘oyatda qayg‘uli xotiralar bilan yodga olinadigan, musibatli voqeliklar ko‘p bo‘lgan. Xususan, birinchi va ikkinchi jahon urishi, AQSH—Vyetnam urushi. Yana sanasak, ko‘p, ammo shu joyda to‘xtatishlikni to‘g‘ri deb bildik. Bu urishlarda qanchadan-qancha odamlar halok bo‘lganini tasavvur qilavering, deb yozadi "human.uz".

1945 yil, 6 va 9 avgust kunlari AQSh ikkinchi jahon urushi yakunida Yaponiyaning ikki shahri Xirosima va Nagasakilarga atom bombalarini tashlagan edi. Va bu hodisaga shu kunlarda 75 yil bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida Xirosima shahrining 350 ming aholisidan 140 ming nafari nobud bo‘lgan va Nagasakida esa kamida 74 ming kishi halok bo‘lgan, deb taxmin qilinadi. (Bunday fojiada raqamlar taxminan olingan).

Mana shu portlash oqibatida Yaponiya 1945 yil 14 avgust kuni rasman taslim bo‘lganini ma’lum qilgan. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, portlashga bo‘lgan muddatga qadar yaponlar taslim bo‘lish arafasida turgani aytiladi.

Britaniyalik jurnalist Karen Li Stou tarixdagi mudhish portlashdan omon qolgan, uchta ayol haqidagi material BBC.com nashrida hikoya qilinadi.

Teruko UYEno
Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

1945 yil 6 avgust kuni Xirosimaga atom bombasi tushganida, UYEno endigina 15 yoshda edi. U o‘rta maktabning ikkinchi kursida o‘qir edi. Portlash oqibatida shahardagi talabalar yotoqxonasi butun yonib ketadi, UYEnoning ko‘plab kursdoshlari ham. O‘rta maktab o‘quvchilari, shahar kasalxonasining yotoqxonasida turishgan.

Portlashdan so‘ng, ilk haftaligidagi xotiralar dahshatli edi, ertayu-kecha tinim bilmasdan ishlangan.

O‘qishni yakunlab Teruko UYEno ishlashni o‘sha kasalxonada davom ettiradi. Va "teri bilan bog‘liq" operasiyada ko‘mak beradi.
Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

 

Keyinchalik, UYEno o‘ziga o‘xshab portlashdan omon qolgan Tatsuyukiga turmushga chiqadi. UYEno bir narsa qattiq tashvishga soladi, ya’ni farzandli bo‘lsa, sog‘lom tug‘iladimi? Atom bombasi qanday ta’sir o‘tkazishi haqda ko‘p o‘ylangan. Vaqtiki kelib, ular qiz farzandlik bo‘lishadi. U hech qanday nuqsonlarsiz voyaga yetadi.

"Odamlar Xirosimada qattiq nurlangan, u yerda hech qanday o‘simlik o‘smaydi deb, ko‘p aytishgan. Lekin hozirga kelib chiroyli bog‘lar, daryolar bo‘lgan shaharga aylangan", deydi Terukoning qizi Tomoko.
Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

Kuniko, Terukoning nabirasi, shularni qo‘shimcha qilib, aytadiki: "O‘sha portlagan kun hamma yoqib yuborildi. Odamlar, qushlar, daraxtlar, butun tabiat. Tirik qolganlar asosan turli xil kasallikka chalingan", deydi u.

Emiko Okada

Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

Emiko Okada atom bombasi tashlanganida 8 yoshda bo‘lgan. Uning opasi Miyeko va to‘rt nafar qarindoshi afsuski vafot etgan.

"Opam ertalab ko‘rishguncha, deb uydan chiqib ketadi. Opam 12 yoshni endigina qarshilagandi. U hech qachon qaytib kelmadi, nima bo‘lganini hech kim bilmaydi", deb portlashni xotirlaydi Emiko. So‘ng, ota-onam topildi, opa esa yo‘q. U davrlarda yegulik muammo edi, nima topsak iste’mol qilardik. Oziq-ovqatlar muammo, borlarini ham o‘g‘irlashardi. 
Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

Keyinchalik, hammasi unitildi. Sochlarim tusha boshladi. O‘sha paytda radiyasiya nima ekanligini bilmas, 12 yildan keyin menga "aplastik anemiya" tashxisi qo‘yildi.

Portlashdan so‘ng uch kun davomida, hammayoq qizil edi. Quyosh botishiga o‘xshab, qizarib ketgan edi. Shahar yonayotganga o‘xshab qolgandi. Quyosh botishini yomon ko‘raman, yonayotgan shaharni eslatib yuboradi", — deydi Emiko Okada.
 

Reiko Xada
Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

Reiko Xada 1945 yil 9 avgust kuni Nagasaki shahriga atom bombasi tashlanganida, 9 yoshda bo‘lgan.

Ertalabdan havo hujum bo‘lishligi haqda ma’lumot beriladi, Reiko uyda qolib, shahardagi ibodatxonaga boradi. U shunday deydi: "Birdaniga u sodir bo‘ldi, ko‘zlarim yarqiragan nur sog‘di. Sarg‘ish va to‘q sariq ranglar bir-biriga uyg‘unlashdi. Bu nima ekanligi bilmasdim. Va hech qancha vaqt o‘tmasdan hamma narsa oq bo‘lib ketdi.

Bizning o‘qituvchimiz favqulotda vaziyatlarda havo hujumi boshpanasiga borishni o‘rgatgan. U o‘sha joyga bordik.

Menga hech narsa bo‘lgani yo‘q, ammo tog‘ning narigi tomondagilarga dahshatli sharoitda azoblanishgan ko‘p edi. Ko‘pchilikni badanlari kuygan bo‘lib, kiyimlari yopishib qolgandi. Men suv so‘rashgan va ularga yaqindagi daryodan suv olib, kelib berdim. Ular bir qultum  suv ichishi bilan vafot etishgan edi.
Xirosima va Nagasaki: atom bombasidan omon qolgan ayollar (FOTOGALEREYa)

Umid qilamanki kelajak avlod hech qachon bunday ahvolga duch kelmaydi", — deb o‘z fikrlarini yakunlagan.

Xulosa, bunday uchta shaxsdan Yaponiyada qancha ekanligi qiziq. Tinchlik baribir eng katta ne’mat hisoblanadi, buni hech qanaqa urish ko‘rmagan, urishni his qilib ko‘rmaganlar tushunishlari qiyin... Shunday ne’matni qadriga yetaylik.

Kiritildi: 10:42 06.08.2020. O'qildi: 9340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!