Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Xiaomi” kapitallashuvi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi

“Xiaomi” kapitallashuvi birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi

Xitoyning “Xiaomi” elektron va maishiy buyumlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi kapitallashuvi o‘z tarixida birinchi marta 100 milliard dollardan oshdi, deb yozdi RIA Novosti.

23 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan savdolar natijasida kompaniyaning Gonkong fond birjasidagi aksiyalari 7,6% ga o‘sdi va har bir aksiya uchun 4,1 dollarni tashkil etdi. Natijada kompaniyaning kapitallashuvi 103 milliard dollarga yetdi.

2020 yil avgust oyida “Xiaomi” aktsiyalari sentyabr oyidan boshlab “Hang Seng” indeksiga kiritilishi to‘g‘risida e’lon qilingandan so‘ng akssiyalar ko‘rsatkichlari keskin o‘zgarib ketdi. O‘shandan beri aktsiyalar qiymati ikki baravarga oshdi.

“Xiaomi” 2010 yilda tashkil etilgan. Kompaniya smartfonlar, planshetlar, shuningdek, aqlli uy mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Kiritildi: 20:24 23.12.2020. O'qildi: 2237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!