Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Xerson viloyati Rossiyaga Nikolayev okruglari bilan kiritilishi ma’lum qilindi

Xerson viloyati Rossiyaga Nikolayev okruglari bilan kiritilishi ma’lum qilindi

Zaporojye viloyati Rossiya Federasiyasi tarkibiga o‘zining ma’muriy chegaralari doirasida, Xerson viloyati Nikolayev viloyatining Aleksandrovskiy va Snigirevskiy munisipal okruglari bilan kiritiladi. Bu haqda Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi rahbari Pavel Krasheninnikov ma’lum qildi.

“DXR va LXRga nisbatan chegaralar ularning konstitusiyalariga muvofiq belgilanadi. Zaporojye viloyati hududining chegaralari viloyatning ma’muriy chegaralari bilan belgilanadi. Xerson viloyatiga kelsak, bu yerdagi chegaralar ham viloyatning harbiy-fuqarolik ma’muriyatining qarorlarini hisobga olgan holda ma’muriy chegaralar bilan belgilanadi, bu yerda Aleksandrovskiy va Snigirevskiy munisipal okruglari Xerson viloyatiga kiritiladi”, - dedi siyosatchi.

Shuningdek, Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov jurnalistlarga Xerson viloyati Nikolayev viloyatining ikki okrugi bilan Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishini tasdiqladi, ammo bu qanday sodir bo‘lishini aniq tushuntirmadi.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Ukrainaning ozod qilingan hududlarining Rossiya Federasiyasi tarkibiga kirishi bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tgan edi. Referendum natijalariga ko‘ra DXRda - 99,23%, LXRda - 98,42 %, Xerson viloyatida - 87,05 % va Zaporojye viloyatida - 93,11% aholi Rossiyaga qo‘shilishni yoqlab ovoz bergan.

MSKlar hisobotiga ko‘ra, umumxalq referendumlarida to‘rt kun davomida DXRda – 97,51 foiz, LXRda – 92,6 foiz, Zaporojye viloyatida – 85,4 foiz, Xerson viloyatida – 76,86 foiz aholi saylovlarda ishtirok etgan.

Kiritildi: 07:33 04.10.2022. O'qildi: 5413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!