Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

XDP: Ortiqxo‘jayevga qarshi qonuniy chora ko‘rilishi kerak!

XDP: Ortiqxo‘jayevga qarshi qonuniy chora ko‘rilishi kerak!

Joriy yil 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlar va internet OAVda Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga tegishli ekani aytilayotgan, jurnalist va blogerlar sha’niga o‘ta keskin fikrlar bildirilgan, sharmanda qilish, hatto jismonan yo‘q qilish bilan tahdid qilingan audioyozuv keng tarqaldi. Bu holat mamlakatimizdagi barcha OAV vakillari, blogerlar va keng jamoatchilikning qattiq munosabati va tanqidiga sabab bo‘ldi.

Davlatimizdagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar zudlik bilan ushbu audioyozuv bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borishi, voqea qachon, qayerda, kimlar bilan sodir bo‘lganini aniqlanishi hamda qonunda belgilangan tartibda boshqa choralarni ko‘rishi zarur.

Audioyozuvdagi holat haqiqatda ro‘y bergan bo‘lsa, demokratik islohotlarning eng muhim sharti – so‘z va fikr erkinligiga, jurnalistlarga ochiqdan-ochiq tahdid qilish, “menga hamma narsa mumkin”, deb o‘ylash, avvalo, xalq va davlatni mensimaslik, deb baholanishi kerak.

Xalq demokratik partiyasi kasbi, faoliyat turi, ijtimoiy holatidan qat’i nazar, har bir insonning ustuvor huquqlari to‘liq kafolatlanishi va amalda ta’minlanishi zarur, deb hisoblaydi. Mutasaddi idoralardan tez orada aniq va rasmiy ma’lumotlarni kutadi.

 

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Axborot xizmati

Kiritildi: 11:31 17.11.2019. O'qildi: 2428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!