Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Xayrulla Hamidov o‘z xohish va arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shadi

Xayrulla Hamidov o‘z xohish va arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shadi

Sharhlovchi Xayrulla Hamidovning ishdan bo‘shagani rasman tasdiqlandi.

Xabaringiz bor Xayrulla Hamidov “Sport”, “Madaniyat va ma’rifat” telekanallari, “Oriat Dono” radiosida boshlovchi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Shuningdek, Xayrulla Hamidov qator sport saytlari, gazetalari va umuman ko‘plab OAVda ham maqalolari bilan qatnashib turadi.

Shuning barobarida Xayrulla Hamidov Olimpiya qo‘mitasi raisining maslahatchisi lavozimida ham faoliyat yuritib kelayotgan edi.

U ushbu lavozimda ishlab kelayotganda Umid Ahmadjonovga futbol sohasida o‘zining maslahatlarini berib kelgani ko‘pchilikka ma’lum.

“Jahon.uz” nashrining ishonchli manbasi xabariga ko‘ra, Umid Ahmadjonov ketishi ortidan Xayrulla Hamidov ham o‘z arizasi va xohishiga ko‘ra maslahatchi lavozimidagi ishidan ketgan.

Kiritildi: 18:54 22.07.2019. O'qildi: 7294 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!