Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Xatirchida 224 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlagan shaxs aniqlandi

Xatirchida 224 tup kannabis giyohvandlik o‘simligini parvarishlagan shaxs aniqlandi

Navoiy. 2020 yilning 25 may kuni Xatirchi tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan «Qoradori-2020» tadbiri davomida, Xatirchi tumani Tamabaxrin MFYda yashovchi, 30 yoshli F.J., ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, yashash joyining yer maydonida 224 tup sof og‘irligi 1.708 grammni tashkil qilgan «kannabis» giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotgani aniqlanib, 224 tup «kannabis» giyohvandlik o‘simligi tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan F.J., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F.J., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:35 29.05.2020. O'qildi: 2083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!