Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Xalqaro talabalarning AQShda qolishi va AQShga kelishiga yangi chekov qo‘yildi

Xalqaro talabalarning AQShda qolishi va AQShga kelishiga yangi chekov qo‘yildi

Koronavirus pandemiyasi tufayli AQShning ko‘plab universitetlari bu yil kuzgi semestrni to‘liq onlayn shaklda o‘tkazishga qaror qilmoqda. Ular orasida Garvard kabi nufuzli universitetlar ham bor.

Bu xalqaro talabalar uchun jiddiy muammoni keltirib chiqarmoqda. AQSh Immigrasiya va chegara nazorati agentligining bugun e’lon qilishicha, o‘qish to‘liq onlayn bo‘ladigan universitetlarga xalqaro talabalar qabul qilingan taqdirda ham, ularga viza berilmaydi. Bunday talabalar o‘qishni o‘z mamlakatida turib internet orqali olishi kerak bo‘ladi.

Allaqachon vizani qo‘lga kiritganlarning vizasi bekor qilinadi, ya’ni ular AQShga kiritilmaydi. AQShda bo‘lib turgan xalqaro talabalar esa o‘z ixtiyori bilan vataniga qaytishi kerak. Aks holda, deportasiya qilinadi.

Agar siz 2020-yil kuz oyida boshlanadigan semestr uchun AQSh universitetiga o‘qishga qabul qilingan bo‘lsangiz, universitetingiz bilan bog‘lanib, kuzgi o‘qishlar qanday formatda bo‘lishini aniqlang. Agar darslar to‘liq onlayn formatga o‘tgan bo‘lsa, sizga viza berilmaydi yoki qo‘lingizdagi vizangiz yaroqsiz holga keladi. AQShda bo‘lsangiz, mamlakatni tark yetishingiz kerak. AQShda qolishning yagona yo‘li – oqishni darslar yuzma-yuz bo‘ladigan boshqa universitetga ko‘chirish.

Bu cheklovlar F-1 yoki M-1 vizasiga yega xalqaro talabalarga taalluqli.

Kiritildi: 10:21 07.07.2020. O'qildi: 1777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!