Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon lavozimidan chetlatildi

Xalqaro jinoiy sud bosh prokurori Karim Xon lavozimidan chetlatildi

​XJS bosh prokurori Karim Xon shilqimlik ayblovlari bo‘yicha tergov yakunlangunga qadar o‘z lavozimidan chetlatildi. Bunday qarorni Xalqaro jinoiy sud Rim statutiga a’zo davlatlar Assambleyasining byurosi qabul qildi. Xonning advokatlari qarorni noqonuniy deb atashdi.

​Xon allaqachon bir yildan ortiq vaqt davomida tergov yakunlangunga qadar ma’muriy ta’tilda edi. U yordamchisiga nisbatan shilqimlik qilganlikda ayblanmoqda. Xon o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda.

Ma’lumot uchun, ​Karim Xon 2021 yilda XJS bosh prokurori bo‘ldi. U Vladimir Putinni hibsga olish uchun order bergani (ukrainalik bolalarni Rossiyaga noqonuniy deportasiya qilganlik ayblovi bilan), shuningdek, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni hibsga olish uchun order bergani (G‘azo sektoridagi harbiy jinoyatlar ayblovi bilan) bilan tanilgan edi.

Kiritildi: Bugun 18:17. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!