Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Xalq farovonligi yo‘lida

Xalq farovonligi yo‘lida

Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, buning uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, keng imkoniyatlar yaratish, shu orqali aholi bandligi va farovonligini oshirish maqsadida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston biznes yuritishni yengillashtirish sohasida amalga oshirilgan islohotlar bo‘yicha jahondagi yetakchi o‘nta mamlakat qatoridan joy oldi.

Bugungi kunda yurtimizda ish bilan band aholining 80 foizga yaqini aynan tadbirkorlik sohasida mehnat qilmoqda. Har yili mamlakatimizda yaratilayotgan bir millionga yaqin ish o‘rnining katta qismi aynan tadbirkorlik, xususiy biznes hissasiga to‘g‘ri kelyapti. Mazkur dalilning o‘ziyoq tadbirkorlar mamlakatimiz hayotida hal qiluvchi kuchga, iqtisodiyotimizning yetakchi bo‘g‘iniga aylanganini yaqqol tasdiqlaydi. Shunday ekan, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada yuqori darajaga ko‘tarish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, ayni paytda uning yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda respublikada investisiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash ob’ektiv zaruratdir.

Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016 yilning 5 oktyabrida imzolangan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmon va bundan keyin qabul qilingan sohaga doir hujjatlar keng jamoatchiligimiz, aholining barcha qatlamlari vakillarining jo‘shqin e’tirofiga sazovor bo‘ldi hamda xalqimiz tomonidan xayrixohlik bilan kutib olindi.

O‘z navbatida, mazkur hujjatlar ijrosi o‘laroq, davlat idoralari, tashkilotlar va tadbirkorlar o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini alohida ta’kidlash lozim. «GRAND DIYOR NAVOIY» mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarda Navoiy viloyatining Karmana tumani hokimligi bosh-qosh bo‘lib turgani buning yaqqol misolidir.

— Jamiyat 2015 yilning 17 dekabrida tashkil topgan bo‘lib, u turli ob’ektlarni qurish va tadbirkorlik faoliyatini olib borishga ixtisoslashgan, — deydi jamiyat raisi Durbek Dilmurodov. — Kezi kelganda, aytishim kerakki, Karmana tumani hokimining 2017 yil oktyabrdagi K-1155-sonli qarori asosida, «GRAND DIYOR NAVOIY» mas’uliyati cheklangan jamiyatga qurilish materiallari va jihozlari hamda turli xo‘jalik mollari savdo majmuasini qurish uchun «Bog‘ishamol» MFY hududidan 2, 5 gektarlik yer maydoni ajratib berildi. Savdo majmuasining loyihasini ishlab chiqish va uni qurish uchun «Navoiy loyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyat bilan hamkorlik o‘rnatildi. Loyihaga asosan, 6x3 hajmdagi bir qavatli 289 ta do‘kon, 6x7,5 hajmdagi ikki qavatli 70 ta do‘kon, jami 359 ta do‘kon va omborxonalar qurilishi ko‘zda tutilgan. O‘ozirda bir qavatli do‘konlarning devorlari qurib bitkazildi. Ikki qavatli do‘konlarning yerto‘la qismi va birinchi qavati qurib bitirilib, ikkinchi qavatida qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Karmana tumani hokimligining 2019 yil 24 iyundagi K-1216-sonli qaroriga ko‘ra, mana shu savdo do‘konlarining janub tomonidan «GRAND DIYOR NAVOIY» mas’uliyati cheklangan jamiyatga 4, 6 gektarlik yer maydoni ajratildi. Mazkur hududda yengil konstruksiyali avtoturargoh, avtoshohbekat, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, eski buyumlar sotish uchun mo‘ljallangan povilyonlar, temir yo‘l va bojxona punktini qurish rejalashtirilgan. Hozirda «Navoiy loyiha» mas’uliyati cheklangan jamiyat mutaxassislari tomonidan ushbu ob’ektning ikkinchi bosqichi bo‘yicha loyihalashtirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari 2019 yilning oxirida tugallanishi va foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan.

O‘rni kelganda ta’kidlash kerakki, Respublikamiz va qo‘shni davlatlarda o‘tgan yillar mobaynida bir kator savdo majmualari va bozorlarda sodir bo‘lgan yonQinlarning tahlillaridan kelib chiqqan holda, xavfsizlik talablari to‘liq inobatga olinib, mazkur majmuada barcha chora-tadbirlar ko‘rilishi ko‘zda tutilgan.

Majmua ishga tushganidan keyin avtoshohbekat kengaytirilib, shahar va tumanlararo avtobus va marshrut taksilar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, aholiga va tadbirkorlarga kulay sharoit va sifatli maishiy, tibbiy xizmat kursatish uchun zamonaviy sharoitlar yaratiladi. Xususan, harorat yuqori bo‘lgan paytlarda binolardan tashqari joylarni salqinlashtirish uchun maxsus gidroklimat kurilmalari, birinchi tibbiy yordam kursatish xonalari, axborot-resurs markazlari, Wi-Fi xududlari, maxsus suvli dush xonalari xam barpo etiladi.

Qolaversa, majmuaning ishga tushirilishi orqali 80 nafar xodim ish bilan ta’minlanadi. Hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yo‘lga qo‘yiladi va aholining turmush sharoiti tubdan yaxshilanadi.

Alisher TURSUNOV,

«Farovon yurt»ning maxsus muxbiri.

 

Kiritildi: 15:10 20.07.2019. O'qildi: 4782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!