Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

“Xalaqit berayotgandi!”: 26 yoshli ona 11 oylik qizalog‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi

“Xalaqit berayotgandi!”: 26  yoshli ona 11 oylik qizalog‘ini vahshiylarcha o‘ldirdi

26 yoshli qiz 11 oylik farzandini o‘ldirganlikda aybdor deb topildi va 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining Oltoy o‘lkasi bo‘yicha tergov qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qotillik 2019 yil yozida sodir bo‘lgan.

O‘sha kuni 26 yoshli Yekaterina Shishkova mast holda mehmondan qaytgan.

Ayni shu vaqtda qizaloq yig‘lay boshlagan va jinoyatchi onaning tinchlantirishlariga qaramasdan yig‘idan to‘xtamagan.

Shundan so‘ng qiz go‘dagining boshiga musht tushirgan, bu ham yetmagandek oyoqlaridan ushlab, yana devorga ham urgan va hech narsa bo‘lmagandek uxlashga yotgan.

Kechasi qizaloq miya shikastlanishi tufayli qon ketishidan vafot etgan.

Ertalab esa qotil ona qizining jasadini paketga o‘rab, zinapoyaga tashlab yuborgan.

Tergov davomida qiz huquq-tartibot idoralari xodimlariga bolani yaxshi yashashga xalaqit bergani, juda ham charchatgani uchun o‘ldirganini ma’lum qilgan, deydi “belnovosti.by”.

Kiritildi: 20:30 06.12.2019. O'qildi: 4899 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!