Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

WBCning yangilangan reytingi: Unda 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ham bor

WBCning yangilangan reytingi: Unda 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi ham bor

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) sentyabr oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo‘lqop ustasi reytingini e’lon qiladi. 

Kuni kecha e’lon qilingan reytingdan 8 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘rin olgan. 

Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do‘smatov avvalgi oydagi kabi 32-pog‘onada qolgan.

Birinchi yarim o‘rta vazn toifasida (-63,50 kg) uch nafar vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. Shohjahon Ergashev WBC reytingida 24-pog‘onadan joy olgan. Yana bir charm qo‘lqop ustamiz Anvar Turopov esa 39-o‘ringa joylashgan. Shahram G‘iyosov esa 40-o‘rinni egallab turibdi. Shahram o‘tgan oy ushbu reytingda qayd etilmagandi.  

Birinchi o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) ayni paytda WBA Intercontinental chempionlik kamari sohibi bo‘lib turgan charm qo‘lqop ustamiz Isroil Madrimov yangilagan reytingning 22-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Ushbu vaznda bir necha kun oldin Moskva shahrida jang o‘tkazib, WBC Youth kamarini qo‘lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 

Ikkinchi o‘rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug‘ofurov (-76,2 kg) ikkinchi o‘rindan oltinchi o‘ringa tushib ketgan. Eslatib o‘tamiz, Azizbek ayni paytda WBC Silver kamari sohibi hisoblanadi. Mazkur vaznda shuningdek Bektemir Meliqo‘ziyev 39-pog‘onadan 37-o‘ringa ko‘tarilgan. 

Kiritildi: 08:34 17.09.2020. O'qildi: 4928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!