Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Vobkentda bir erkak do‘pposlandi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Vobkentda bir erkak do‘pposlandi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

2020 yil 09 fevral kuni soat 23.45larda Vobkent tumanida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan tengqurlar V.K va D.F.lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat joyi hisoblangan Istiqlol MFY G‘afur G‘ulom ko‘chasida avtomashina kutib turgan fuqarolar YA.M, B.B, X.I va N.I.lar bilan janjallashib, janjal vaqtida N.I.ning tanasi turli sohalariga qasddan urgan holda sog‘lig‘ining buzulishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazib, bezorilik jinoyatini sodir qilganlar.

Holat yuzasidan V.K va D.F.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qism “b” bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:52 13.03.2020. O'qildi: 1817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!