«Biz allaqachon hamkorlarimiz bilan yangi havo mudofaa tizimlarini olish ustida ishlamoqdamiz, ular hayotni yangi xavflardan himoya qila oladilar», dedi Ukraina prezidenti.
Rossiya strategik raketa kuchlari bosh qo‘mondoni Sergey Karakayev o‘sha kuni «Oreshnik» raketalari «butun Yevropa bo‘ylab nishonlarni urishga qodir»ligini aytdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Oreshnikning seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qilib, bir kun avval Dneprga zarba berishda foydalanilgan raketa eksperimental model ekanligini tasdiqladi.
Kiyevning ta’kidlashicha, 21 noyabr kuni ertalab Rossiya Federasiyasi Dnepr shahriga turli turdagi raketalarni, jumladan, qit’alararo ballistik raketani (ICBM) uchirdi. Keyinroq Putin zarba «Oreshnik» o‘rta masofaga mo‘ljallangan ballistik raketa tizimining so‘nggi sinovi ekanligini aytdi. Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Dneprni «Kedr» raketasi bilan urgan.