Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Vladimir Potanin Rossiyadagi eng boy odam maqomidan mahrum bo‘ldi. «Nornikel» ob’ektlaridagi baxtsiz hodisalardan keyin kompaniya aksiyalari narxi tushib ketdi

Vladimir Potanin Rossiyadagi eng boy odam maqomidan mahrum bo‘ldi. «Nornikel» ob’ektlaridagi baxtsiz hodisalardan keyin kompaniya aksiyalari narxi tushib ketdi

Rossiyaning «Nornikel» kon-metallurgiya kompaniyasi egalaridan biri Vladimir Potanin milliarderlar boyligini real vaqtda kuzatib boruvchi Forbes Real Time reytingiga ko‘ra, Rossiyaning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchilikdan ikkinchi o‘ringa tushdi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ayni paytda Forbes Potaninning boyligini 28,9 milliard dollarga baholanmoqda. Uning o‘rnini 29,2 milliard dollarlik aktivlari bilan «Severstal» kompaniyasining egasi Aleksey Mordashov egalladi.

15 fevral kuni Forbes Potaninning boyligi 30 milliard dollardan oshgani haqida xabar qilgandi. Shu tarzda Potanin tarixda bunday katta boylikka ega bo‘lgan ilk rossiyalikka aylangan.

20 fevral kuni 20 fevral kuni Norilsk foydali qazilmalarni boyitish fabrikasi sexlaridan birining binosida qulash sodir bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng, toshqin tufayli «Nornikel»ga qarashli ikkita kon faoliyatini qisman to‘xtatdi. 20—24 fevralda yuz bergan voqealar fonida «Nornikel» aksiyalari har birining narxi 28,1 mingdan 24,7 ming rublgacha tushdi.

Avvalroq Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask bir kecha-kunduzda 15 milliard dollar yo‘qotib, dunyoning eng boy odami maqomidan mahrum bo‘lgan edi. Tesla aksiyalarining bahosi 8,6 foizga pasayishi tufayli biznesmenning boyligi 183 milliard dollarga tushdi. Ta’kidlanishicha, bunga tadbirkorning bitkoin narxiga bildirgan munosabati sabab bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 17:49 25.02.2021. O'qildi: 1671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!