Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Vinisius "Real"ga ikkita talab qo‘ydi

Vinisius "Real"ga ikkita talab qo‘ydi

"Real" forvardi Vinisius Juniorning kelajagi haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Defensa Central nashrining Germaniyaning Sky telekanaliga tayanib xabar berishicha, futbolchi va uning klubi o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar braziliyalikning ikki talabi tufayli to‘xtab qolgan. Vinisius shartnomani uzaytirish uchun bonus olishni, shuningdek, bonuslarning bir qismini kafolatlangan to‘lovlarga aylantirishni xohlaydi.

"Real" 25 yoshli Vinisius bilan yaqin oylarda kelishuvga erishishga umid qilmoqda, ammo buning uchun braziliyalik futbolchi klubga yon berishi kerak.

Xabaringiz bor, amaldagi shartnoma Vinisius Juniorni 2026/2027 yilgi mavsum yakuniga qadar "Real" bilan bog‘lab turadi.

Kiritildi: 11:36 15.10.2025. O'qildi: 940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!