Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Vinisius "Real"dan ketadimi? APL klubining qiziqishi ortib bormoqda

Vinisius "Real"dan ketadimi? APL klubining qiziqishi ortib bormoqda

Vinisius Juniorning "Real"dagi kelajagi noma’lumligicha qolmoqda.

"Manchester Yunayted" 25 yoshli vingerning vaziyatini diqqat bilan kuzatishni boshladi va allaqachon uning jamoasi bilan bog‘landi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil iblislar" allaqachon futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni olib borgan. Hozircha rasmiy taklif bilan chiqilmagan bo‘lsa-da, qiziqish juda jiddiy.

Shuni ta’kidlash kerakki, Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi, ammo uning uzaytirilishi hali aniq emas.

Braziliyalik futbolchi 2018 yildan beri Madrid jamoasida o‘ynab kelmoqda. U 340 o‘yinda maydonga tushib, 111 ta gol urgan va 89 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 21:43 01.12.2025. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!