Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Vinisius Junior qamalishi mumkin

Vinisius Junior qamalishi mumkin

Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Vinisius Junior o‘zining tug‘ilgan kuni sabab uyushtirgan ziyofati ortidan qamalishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi tug‘ilgan kunini nishonlash uchun katta ziyofat uyushtirgan. Bayram Rio-de-Janeyrodagi to‘y va boshqa yirik tadbirlar o‘tkaziladigan hashamatli joyda bo‘lib o‘tgan.

Ammo ziyofat vaqtida baland musiqa va shovqin tufayli atrofdagi fuqarolar norozilik bildirgan. Ulardan biri polisiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot xodimlari bayramga kelib, musiqa ovozini pasaytirishni so‘ragan. Vinisius va mehmonlar bunga rozi bo‘lgan, biroq polisiya ketgach, ziyofat yana davom etgan va shovqin yana ko‘tarilgan.

Keyinchalik qo‘shni tomonidan berilgan shikoyat asosida sud ishi ochilgan. Dastlabki sud jarayoni 6 noyabr kuniga belgilangan. Braziliya qonunlariga ko‘ra, Vinisius jamoat tinchligini buzgani sabab 15 kundan 3 oygacha qamoq yoki jarima jazosi bilan jazolanishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Vinisius joriy mavsum “Real” safida jami 10 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining qiymatini 150 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:22 15.10.2025. O'qildi: 1068 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!