Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Viloyat hokimlariga yangi vazifa yuklatildi

Viloyat hokimlariga yangi vazifa yuklatildi

Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish davom etmoqda.

Viloyat hokimlari bu yil bittadan namunaviy ko‘cha qilib, nogironligi borlar uchun qulay sharoit yaratishi kerak edi.

Andijon, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida bu boradagi ishlar boshlangan, qolgan viloyatlar loyiha ham qilmagani, mablag‘ ham bermagani ko‘rsatib o‘tildi.

Mutasaddilarga bu ishlarni ikki oyda yakunlab, kelgusi yil har bir tumanda yana bittadan ko‘chada qilish vazifasi qo‘yildi.

Bosh prokuror o‘rinbosari I.Adhamovga bu borada o‘zgarish qilmaganlarga qat’iy chora ko‘rish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 11:10. O'qildi: 922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!