Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Videoselektor: masjidlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi

Videoselektor: masjidlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi

Videoselektor: masjidlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, ayni damda, diniy soha vakillari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tyapti. Yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi A.Axmedov masjidlar faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va hozirgi holati masalasiga alohida e’tibor qaratdi. 

Jumladan, u masjidlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan karantin talablari yumshatilgan taqdirda, har bir hududning epidemiologik holatini intobatga olib, sanitariya talablariga to‘liq amal qilgan holda masjidlar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga bosqichma-bosqich ruxsat berish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

O‘z navbatida, Qo‘mita raisi hozirgi paytda respublikadagi masjidlarning mavjud holati to‘liq o‘rganib chiqilganini ham ma’lum qildi.
Videoselektor davom etmoqda. Yig‘ilish tafsilotlari haqida keyinroq batafsil ma’lumot beramiz.
 

Kiritildi: 13:55 10.08.2020. O'qildi: 3243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!