Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Video: Koronavirus bemorlari davolanayotgan Zangiota shifoxonasining jonlantirish bo‘limidan reportaj

Video: Koronavirus bemorlari davolanayotgan Zangiota shifoxonasining jonlantirish bo‘limidan reportaj

«Sevimli» telekanalining «Zamon» information dasturi muxbirlari Zangiota tumanidagi koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan kasalxonadan reportaj tayyorladi.

Kasalxonaning jonlantirish bo‘limidan tayyorlangan reportaj davomida ma’lum qilinishicha, bu yerda 70 dan ortiq bemorlarga tibbiyot xizmat ko‘rsatilmoqda. Ta’kidlanishicha, bemorlarga reanimasiya bo‘limida joy yetarli bo‘lmagani sabab, og‘ir ahvoldagi bemorlar boshqa palatalarda ham davolanmoqda.

 

«Ikkinchi reanimasiya bo‘limida ish shunday tashkil qilinganki, ko‘chadan eng og‘ir bemorlar — kislorodga muhtoj bo‘lgan insonlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tez yordam orqali kelayotgan bemorlar uchun yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Har bir bemor uchun maxsus kislorod va o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatlari bor», — deydi Klara Pardayeva ismli shifokor.

Reportaj davomida koronavirusdan davolanayotgan bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil to‘xtailib o‘tilgan. Shifokorlar kasalxonadagi ahvol haqida so‘zlab, aholini kasallikka jiddiy yondoshishga chaqirgan.

Eslatib o‘tamiz, Zangiota tumanidagi yangi qurilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan, lekin uni 4 ming o‘ringacha transformasiya qilish imkoniyati bor. Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov 14 iyul kuni Zangiota tumanida koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun maxsus qurilgan kasalxona ochilganiga bir hafta bo‘lmasdan bemorlarga to‘lib bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 12:18 03.08.2020. O'qildi: 3496 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!