Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Video: Bosh vazir Abdulla Aripov Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevni so‘zga chaqirdi, ammo...

Video: Bosh vazir Abdulla Aripov Farg‘ona hokimi Shuhrat G‘aniyevni so‘zga chaqirdi, ammo...

Bosh vazir Abdulla Aripovning 1 iyun kuni Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aholi bilan o‘tkazgan ochiq uchrashuvida mahalliy jamoatchilik faollari Qirg‘iziston hududi orqali O‘zbekistonga o‘tishda yuzaga keladigan qiyinchiliklardan shikoyat qildi. Muloqot videosi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Xususan, so‘zga chiqqanlardan biri farzandi o‘z vaqtida qo‘shni mamlakat vakillarining tahdididan so‘ng reanimasiyaga tushgani, boshqalarning bolalarini qamab qo‘yayotganini, xavfsiz koridorsiz O‘zbekistonga o‘tish imkonsiz bo‘lib qolganini, bayon qilib: «Iltimos, mana shuncha xalqqa rahmingiz kelsin», deb bosh vazirga murojaat qilgan.

Bunga javoban bosh vazir Abdulla Aripov: «Hoji aka, bundan keyin bunday bo‘lmaydi», — deya Farg‘ona viloyati hokim Shuhrat G‘aniyevga murojaat qilmoqchi bo‘lgan. Shunda uchrashuvga kelgan so‘xliklar baqir-chaqir bilan keskin norozilik bildirgan.

 

Shundan so‘ng bosh vazir aholini tinchlantirishga uringan, mahalliy faollardan biri esa yig‘ilganlarga tojik tilida murojaat qilib, tartibni saqlashga chaqirgan.

Kiritildi: 23:28 01.06.2020. O'qildi: 11622 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!