Vyetnamda Wonder Sea kemasining cho‘kib ketishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi, bortdagi 48 sayyoh va 5 ekipaj a’zosi bo‘lgan 11 kishi qutqarib olindi.
Bu haqda viloyat hokimiyatiga tayanib, VnExpress xabar berdi.
Xalong sayyohlik qayiqlari assosiasiyasi vise-prezidenti Buy Kong Xoanning aytishicha, yo‘lovchilar orasida ag‘darilib ketgan kemaning yarim suv bosgan kabinasida to‘rt soat vaqt o‘tkazgan 14 yoshli bola bor.
"Kema ag‘darilib, yo‘lovchilar saloni qulflangan bo‘lsa-da, taxminan 50-60 sm bo‘shliq bor edi, kislorod kirishi uchun yetarli, shuning uchun bola tirik edi”, deb tushuntirdi u. Qutqaruvchilar bolani qutqarish uchun oynani sindirishga majbur bo‘lgan.
Qayd etilishicha, qidiruv ishlari davom etmoqda, ammo kuchli yomg‘ir va qorong‘ulik tufayli ko‘rishning yomonlashuvi qutqaruvchilarning harakatlariga sezilarli darajada to‘sqinlik qilmoqda.