Bugun 30 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Venesuela prezidenti: "Falastin masalasi insoniyatning eng adolatli ishidir"

Venesuela prezidenti: "Falastin masalasi insoniyatning eng adolatli ishidir"

Falastin masalasi insoniyatning eng adolatli ishidir. Bu haqda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Karakasda bo‘lib o‘tgan Falastin bilan birdamlik xalqaro konferensiyasida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Maduroning aytishicha, Venesuela Falastin da’vosini eng kuchli tarzda qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

"O‘tgan asrdan meros bo‘lib qolgan adolatli dunyo yaratish uchun kurash sabablariga nazar tashlasangiz, Falastin ishi insoniyatning eng adolatli ishidir. Bu insoniyatni birlashtiruvchi sababdir", - dedi Maduro.

Venesuela prezidenti AQSH, Yevropa va Lotin Amerikasidagi o‘ta o‘ngchilarni Isroilning Falastindagi genosidiga sheriklikda aybladi, shuningdek, fashizm va sionizmga qarshi global kurash doirasida mamlakat va uning huquqlarini himoya qildi.

Maduroning ta’kidlashicha, Karakas Falastin xalqining o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lish huquqini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.

"Bugun biz o‘z ko‘zimiz bilan Falastindagi genosidning guvohi bo‘layapmiz. Har kuni bolalar, ayollar va erkaklarga qarshi sodir etilayotgan jinoyatlar juda og‘riqli" - dedi u.

Falastin masalasi Venesuela, Lotin Amerikasi va Karib havzasi davlatlarining yashash huquqi kabi muhim, dedi prezident.

Venesuela Falastin va Yaqin Sharq xalqlari bilan birdam, dedi Maduro va Falastin ozodligi uchun kurashni "insoniyat hozirgacha kurashgan eng muhim urush" deb atadi.

Kiritildi: Bugun 15:12. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!