Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Venesiya kinofestivalining bosh sovrini «Joker»ga nasib etdi

Venesiya kinofestivalining bosh sovrini «Joker»ga nasib etdi

Rejissyor Todd Fillipsning «Joker» filmi 76-Venesiya kinofestivali bosh sovrini «Oltin sher»ni qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Meduza. Bu filmda bosh rolni Xoakin Feniks ijro etgan. Mukofot kinofestivalning 7 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan yopilish marosimida o‘z egalariga topshirildi.

Eng yaxshi rejissyorga beriladigan «Kumush sher» mukofotiga esa «Cheksizlik haqida» («About Endlessness») nomli filmi uchun Roy Anderson loyiq ko‘rildi.

Roman Polanskining «Dreyfus ishi» («J’accuse») nomli filmi festival hakamlar hay’atining maxsus sovrini bilan taqdirlandi.

Luka Marinelli «Martin Iden» filmidagi ijrosi uchun eng yaxshi aktyor, Arian Askarid «Gloriya Mundi» filmidagi roli uchun eng yaxshi aktrisa deb topildi.

Eng yaxshi ssenariy uchun mo‘ljallangan mukofot esa «Cherri Leyndagi 7-uy» («No.7 Cherry Lane») animasion lentasi uchun xitoylik rejissyor Yunfanga nasib etdi.

Kiritildi: 06:45 14.09.2019. O'qildi: 1412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!