Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shart bo‘lgan xodimlar toifalari ma’lum qilindi

Vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish shart bo‘lgan xodimlar toifalari ma’lum qilindi

Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart:

– o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
– oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
– nogironlar;
– mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar; 
– oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
– umumta’lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari.

Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emaslar.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan bo‘yin tovlagan xodimlarni ish beruvchi ishga qo‘ymaslikka haqlidir.

Xodimlarning mehnatidan ularning sog‘lig‘i holatiga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Agar xodim o‘z sog‘lig‘ining holati mehnat sharoiti bilan bog‘liq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni talab qilishga haqlidir.

Tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmaydilar, deb yozadi manba.

Kiritildi: 12:09 06.07.2019. O'qildi: 2018 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!