Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Vanga koronavirus qachon tugashini aytgan! Uning gaplari haqiqatmi yoki tasodif?

Vanga koronavirus qachon tugashini aytgan! Uning gaplari haqiqatmi yoki tasodif?

XX asrda yashagan taniqli bolgariyalik bashoratchi Vanga dunyodagi g‘alayonlar to‘g‘risida ko‘plab bashoratlar bergan.

Ba’zi xabarlarga ko‘ra, Vanga 11 sentyabr xurujlari, Stalinning o‘limi va Kursk suvosti kemasidagi falokatni bashorat qilgan. Uning bashoratlarida koronavirus pandemiyasining boshlanishi va uni kim va qachon mag‘lub etishi haqida so‘zlar bor. Albatta, Vanganing so‘zlari har xil talqin etiladi, ammo uning bashoratida koronavirus pandemiyasi juda yaxshi tasvirlangan.

Pandemiyani bashorat qilish

"Unutilgan kasallik sariq odamlardan Sharqdan tarqaladi, bu millionlab odamlarga ta’sir qiladi. "O‘tkir" davr uch oy davom etadi". Bashoratchi bu kasallik odamzodga sharqdan, "sariq" odamlardan, ya’ni Osiyo irqidan keladi, deb ta’riflagan. "Uch oylik o‘tkir davr bilan", bu ham tushunarli – pandemiya jiddiy ta’sir ko‘rsatgan barcha mamlakatlarda karantin taxminan uch oy davom etdi.

Unutilgan kasallikka kelsak, Vanga yangi koronavirusni vabo yoki ispan grippi deb talqin qilgan bo‘lishi mumkin. Ba’zilar, bu bilan bashoratchi COVID-19 SARSga o‘xshashligini anglatadi, bu kasallik 2003 yilda Xitoyda sodir bo‘lgan.

Bundan tashqari, u vaksina yaratish va kasallikni yengish uchun kamida bir yil vaqt kerakligini bashorat qildi. Xuddi shu bashoratlar pandemiya boshlanganda JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) tomonidan ham chiqarilgan. Vaksinaning ba’zi versiyalari allaqachon mavjudligiga qaramay, dunyoda koronavirus pandemiyasi saqlanib qolmoqda – ayrim mamlakatlarda kasallanishning ikkinchi to‘lqini kutilmoqda, boshqalarda cheklovlar ikkinchi yoki hatto uchinchi marta kiritilmoqda.

COVID-19'ni kim "mag‘lub etadi?"

Xuddi shu bashoratda Vanga koronavirusga qarshi kurash olib boradigan mamlakat nomini aytgan. Unga ko‘ra, virusni Rossiya yengadi.

Tasodifni qarangki, Rossiya birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Vanganing bashoratlariga ishonish kerak emas. Koronavirus bilan bog‘liq jarayonlarning uning bashoratiga mos kelishi esa shunchaki tasodif, xolos! Bu dunyoda kelajakda nimalar bo‘lishi faqat Allohga ayon. Ammo Vanganing koronavirus borasidagi ijobiy taxminlari amalga oshishini istardik, albatta...

Kiritildi: 17:26 18.09.2020. O'qildi: 28558 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!