Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Vaksina yaratilgan Rossiyada koronavirus qayta uyg‘onmoqda

Vaksina yaratilgan Rossiyada koronavirus qayta uyg‘onmoqda

Rossiyada o‘tgan kun davomida 6 ming 65 ta koronavirus holati aniqlandi. Mamlakatda butun pandemiya paytida yuqtirganlarning umumiy soni 1 million 97 ming 251 kishiga yetdi.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni monitoring qilish bo‘yicha axborot markazining ma’lumotiga ko‘ra, COVID-19ga chalinganlarning eng ko‘pi Moskvada (825), undan keyin Sankt-Peterburg (212) va Rostov viloyati (180)da. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Moskva viloyati to‘rtinchi o‘rinni egalladi (175).

So‘nggi 24 soat ichida 144 kishi infeksiya qurboniga aylandi. Rossiya Federasiyasida virusdan o‘lganlar soni hozirda 19 ming 339 kishini tashkil qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, 19 iyuldan keyin ilk bor koronavirus bilan bog‘liq statistika keskin oshdi.

Kiritildi: 16:44 19.09.2020. O'qildi: 4216 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!