Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Vafot etgan namanganlik ayolning qiziga: "Siz aybdor emassiz. Alloh rahmatiga olsin"

Vafot etgan namanganlik ayolning qiziga: "Siz aybdor emassiz. Alloh rahmatiga olsin"

Bugun, afsuski, noxush xabar eshitdik. Koronavirusga chalingan namanganlik 72 yashar ayol vafot etdi. Alloh rahmatiga olsin.

Hozir hammadan ham o‘sha ayolning qiziga qiyin. Chunki qizi chet elga borib, virus yuqtirib qaytgan va undan ayolga ham yuqqan. Bu og‘ir vaziyat, juda og‘ir. Ammo shuni alohida ta’kidlardikki, marhumaning boshqa og‘ir dardi ham bor ekan. Ya’ni u aynan koronavirusdan vafot etmagan. Qolaversa, Yaratgan Egamning hukmi bu. Aslida, 72 yoshga kirish ham baxt. Alloh marhumaning joyini jannatda qilsin. O‘lim haq, qismatga o‘lim bitilganda uning sababi muhokama qilinmaydi.

"ANIQ.UZ" marhumaning oilasiga, qiziga hamdardlik bildiradi. O‘zingizni qo‘lga oling. Bu Allohning hukmi, siz aybdor emassiz. Onamizning qolgan umrini nabiralariga qo‘shib bersin Allohim. Barchamizning boshimizda bor qismat bu. Inna lillahi va inna ilayhi rojiun.

 

Kiritildi: 13:01 27.03.2020. O'qildi: 5381 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!