Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Uzun oyoq «uchiradi»

Uzun oyoq  «uchiradi»

 

Qiziq bir ma’lumot: 1968 yildan buyon 100 metrga yugurish bo‘yicha musobaqalarda jahon rekordini asosan qoratanli sportchilar o‘rnatmoqda.

Xalqaro engil atletika federasiyalari assosiasiyasi 1912 yildan boshlab rekordlarni qayd etayotgan bo‘lsa,hozirgacha atigi 10 nafar boshqa atlet g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Govard universiteti olimlari mazkur jumboqqa javob topishdi. Ekspertlar fikricha, qora tanli kishilar qo‘l-oyoqlarining uzunligi va tana tuzilishidagi jismoniy farq tufayli, ularning og‘irlik markazi nisbatan balandroq joylashgan. To‘g‘ri, bunda madaniy omillarning ham muayyan darajada ta’siri bor. Lekin asosiy jihati baribir organizmning tuzilishiga borib taqaladi. Qoidaga binoan, qora tanlilarning qo‘l-oyoqlari uzun va yupqa. Demak, ularda og‘irlik markazi xuddi shunday bo‘ydagi boshqa kishiga nisbatan yuqoriroq bo‘ladi. Oq tanlilarning gavdasi (tanasi) esa uzun bo‘lgani sababli, og‘irlik markazi ularda pastroq joylashgan.           

Bu farqlar katta emas. Insonga qaraganda ular bilinmaydi. Biz faqat kimningdir oyog‘i juda uzun ekanini payqasakkina hayratlanishimiz mumkin. Ammo shu arzimas tafovutning o‘sha 10-12 soniyada bosib o‘tish kerak bo‘lgan masofada ahamiyati katta. Aniqroq aytsak, og‘irlik markazining balandligi sportchiga yugurish vaqtida oyoqlari yerga tez «urilib» turishiga yordam beradi.

Olimlar tadqiqot davomida bir qancha ma’lumotlarni to‘pladi. Jumladan, tananing uzunligini o‘lchash uchun ular erkak kishining bo‘yini tik va o‘tirgan holatdagi farqini hisoblab chiqishdi. Natija bir xil bo‘yda gavdaning uzunligi qora tanlilarda boshqalarga qaraganda uch santimetrga qisqaligini ko‘rsatdi. Bu bir xil bo‘ydagi qora tanli kishining oyoqlari oq tanli kishinikidan uzunroq ekanini bildiradi. Oq tanli kishining esa gavdasi uzun.                          

Fizika nuqtai nazaridan olib qaraganda, oyoqlar yugurish uchun mas’ul, gavda esa bu — shunchaki ortiqcha vazn. Oyoqlar uni tashishi lozim. Shunday ekan, bunday vaziyatda kimda uzun oyoq va qisqa gavda bo‘lsa, g‘olib shu.

Shahobiddin RASULOV tayyorladi.

Manba: od-press.uz

Kiritildi: 07:45 08.07.2019. O'qildi: 2342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!