Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

"O‘zgidromet" havo haroratining haqiqiy ko‘rsatkichini yashiradimi?

"O‘zgidromet" havo haroratining haqiqiy ko‘rsatkichini yashiradimi?

Yoz chillasi ayni avjida va aholi o‘rtasida yana “sinoptiklar haroratning haqiqiy ko‘rsatkichlarini yashiradilar, aslida harorat kunduzi 47-50 daraja” degan gaplar yuribdi. Ba’zilar esa o‘z maishiy asboblari 60 darajani ko‘rsatayotganini aytishmoqda. 

"O‘zgidromet" haroratning qanday o‘lchanishi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Hozir aholi o‘rtasida haroratni aniqlaydigan maishiy termometrlar keng qo‘llanilmoqda. Ko‘pincha, bu asboblarning qabul qilish qismi, shahardagi elektron tablolarga harorat to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazuvchi termometrlarning qabul qiluvchi qismlari tik quyosh nurlari yoki atrofdagi predmetlarning issiqlik nurlanishidan himoyalanmagan. Bunday holatda termometr havo haroratini emas, balki termometrning qabul qiluvchi qismi qizigan darajasini o‘lchaydi.

To‘g‘ri quyosh nurlari ostida (ochiq havoda) bo‘lgan inson havo haroratini emas, Quyoshdan kelayotgan, er yuzasidan ko‘tarilayotgan hamda atrofdagi qizigan predmetlar o‘zidan chiqarayotgan energiya ta’sirida issiqlik bosimini his etadi. Avtomashinadagilar quyosh nurlari ta’sirida qizigan mashina korpusining issiqlik nurlanishini his qiladi. Shuning uchun tik quyosh ostidagi harorat soyaga qaraganda ancha yuqoridek seziladi.

Issiqlik nurlanishi omillari ta’sirini istisno qilish va meteorologik kuzatuvlarning taqqoslana olinishini ta’minlash maqsadida ular butun dunyoda Jahon Meteorologiya Tashkiloti qoidalariga muvofiq yagona uslubda va yagona standart sharoitlarda o‘tkaziladi. Xususan, havo harorati yer sathidan 2m balandlikda o‘rnatilgan maxsus shamollatiladigan meteorologik budkada o‘lchanadi. O‘lchov asboblari doimiy ravishda tekshiriladi, ularning ko‘rsatkichlari etalon asbob ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Jahonda eng yuqori havo harorati AQShning Kaliforniya shtatidagi O‘lim vodiysi va Liviya cho‘lida qayd etilgan (57-58°S).

O‘zbekistonda eng yuqori harorat Qizilqum cho‘lida va Termiz shahri yaqinida qayd etilgan (50°S).

Toshkent shahrida yoz mavsumining absolyut maksimumi 44.6°S ga teng. (1997 yil 18 iyul).

Kiritildi: 19:12 15.07.2019. O'qildi: 2883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!