Prognozlarga ko‘ra, oyning birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston hududi bo‘yicha harorat tartibi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi. Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq, ba’zi joylarda 10 darajagacha iliq, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
1 dekabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 2 dekabrda ayrim tog‘li hududlarda bir oz qor yog‘ishi kutilmoqda.
Keyinchalik deyarli birinchi o‘n kunlikning oxirigacha (3—8 dekabr) O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan quruq ob-havo kuzatiladi va faqat o‘n kunlik oxirida (9—10 dekabr) respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.
Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari 0-5 daraja sovuqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi, oy oxirida harorat kechalari 5-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi.
Shimolda harorat kechalari 8-13 daraja sovuqdan, ba’zi joylarda 15-17 daraja sovuqdan 3 daraja sovuq-2 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.