Bugun 20 iyul, 2019 yil, shanba

КИР

«O‘zbekneftgaz» qarzlaridan qutulish uchun gaz narxini ikki barobarga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin...

«O‘zbekneftgaz» qarzlaridan qutulish uchun gaz narxini ikki barobarga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin...

«O‘zbekneftgaz» rahbari Bahodirjon Sidiqov 12 iyul kuni jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda kompaniya aholiga sotilayotgan gaz narxini birdan ikki barobarga oshirmoqchi bo‘lganini ma’lum qildi.

«O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 2 milliard dollar atrofida qarzimiz bor. Ushbu kreditni o‘z vaqtida to‘lab boryapmiz. ‘O‘zbekneftgaz’ 2017—2018 yillarni zarar bilan yakunladi. Agar bu yil sohada katta islohotlar bo‘lmaganida, kompaniya yana moliyaviy zarar ko‘rardi. 

‘O‘zbekneftgaz’ning bugungi muammolarini hal qilish uchun gaz narxini ikki baravar oshirishimiz kerak. Shundagina muammolar ijobiy hal etiladi. Bu taklifni Prezidentimizga olib kirdik. Qattiq tanbeh eshitdik. Endilikda o‘z imkoniyatimizdan kelib chiqib, yuqoridagi muammolardan qutulish yo‘lini izlayapmiz. 

Buning uchun davlat tomonidan bizga katta yordam berilmoqda. Mavjud muammoning 20 foizini tariflar oshirilishi orqali, qolgan 80 foizini davlatning moliyaviy yordami orqali hal qiladigan bo‘ldik. Ishlab chiqilayotgan tariflarda katta o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bu inflyasiya darajasida bo‘ladi», — dedi Sidiqov.

Avvalroq O‘zbekistondagi barcha energota’minotchilar (gaz, elektr) tariflarni 100 foizga oshirmoqchi bo‘lgani, biroq ushbu tashabbusi uchun mamlakat rahbariyatidan gap eshitgani haqida xabar berilgan edi (https://t.me/daryo_live/40228). Kuni kecha energetika vaziri Alisher Sultonov elektr tariflari inflyasiya chegarasida oshirilishini ma’lum qilgan edi (https://t.me/daryo_live/40312) — inflyasiya esa 18—20 foiz atrofida bo‘ladi, deb taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 16:09 12.07.2019. O'qildi: 1465 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!